AsosiyBu qiziq

Tўйиб ухламаслик 172 та касалликка сабаб бўлиши мумкин

Olimlar uyqu sifati bilan 170 dan ortiq kasallik o'rtasida bevosita bog'liqlik borligini aniqlandi.

'Tўйиб ухламаслик 172 та касалликка сабаб бўлиши мумкин'ning rasmi

Yangi tadqiqotda 88 mingdan ziyod odamning "bio" ma’lumotlari tahliil qilinib, uyqu sifati yomon bo‘lganlarda astmadan tortib temiratkigacha bo‘lgan 172 turdagi kasallik kuzatilishi ma’lum bo‘ldi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, agar odamda uyqu bilan bog‘liq yomon odatlar bo‘lsa, kamida 92 ta kasallikning 20 foizi rivojlanish havfi ortadi.

Masalan, tungi soat 00:30 dan keyin muntazam yotadiganlarda jigar tsirrozi ehtimoli 257 foizga, uyqu tartibidagi keskin o‘zgarishlarda esa gangrena havfi 261 foizga oshadi.

Shu bilan birga, agar odam soat 01:00 gacha yotib, ertalab kamida 7 soat uxlasa, kechki uyqunning salbiy oqibatlari kamayishi mumkinligi ham ta’kidlangan.

    Boshqa yangiliklar