Prezidentning aytishicha, so‘nggi haftalarda Ukraina kuchlari 160 kvadrat kilometr maydon va yetti qishloqni ozod etgan. Unga ko‘ra, faqatgina Pokrovskiy yo‘nalishida Rossiya armiyasining 1300 ga yaqin askari halok bo‘lgan. Zelenskiy Donetsk viloyatiga tashrif buyurib, desant va shturmchi qo‘shinlar boshqaruv punktida bo‘ldi.
Qaysi qishloqlar ozod qilingani ochiqlanmadi. Biroq ukrain manbalari bu operatsiya Dobropole yaqinidagi ruslarning frontdagi chiqib ketgan hududini yo‘q qilish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini bildirgan.
Avvalroq bu yerda Rossiya qo‘shinlari hujumi haqida xabar berilgandi, ammo keyinchalik Ukraina armiyasi qarshi hujumga o‘tib, bir qator hududlarni qaytarib olgani aytilmogda.