Jamoat transportida yosh qizga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. U o‘z harakatlarini to‘liq tan olib, jamoat oldida uzr so‘radi.
“Yonimga bitta qiz chiqib qoldi. O‘zimni ushlay olmay, nafsimni tiyolmay, qo‘lim ketib qoluvdi orqa tomoniga. Sidirib qo‘llarim bilan shunaqa ish qilib qo‘ydim. Sharmanda bo‘ldim men endi. Uzr so‘rayman. Pushaymonman, boshqa qaytarilmaydi”, – deydi u IIBB tarqatgan videomurojaatda.
Hodisa yuzasidan huquq-tartibot organlari tomonidan tegishli chora ko‘rilgan. IIBB bunday xatti-harakatlar jazosiz qolmasligini eslatib o‘tdi.