AsosiyJamiyat

Xorazmda 2 yoshli bola YTQ qurboni bo‘ldi

Avval viloyatda ikkita mashina toʻqnashgan keyin trotuarda turgan bolani urib yuborgan.

'Xorazmda 2 yoshli bola YTQ qurboni bo‘ldi'ning rasmi

Xorazmda Cobalt avval Nexia bilan to‘qnashib, so‘ng trotuarda turgan 2 yoshli bolani urib yubordi, oqibatda bola halok bo‘ldi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB YHXX xabar bermoqda.

Hodisa 17-sentyabr kuni ertalab 9:00 larda Yangiariq tumani “Angarik” MFY hududidan o‘tgan 90V062 avtomobil yo‘lining birinchi kilometrida sodir bo‘lgan. 34 yoshli haydovchi Nexia avtomashinasida chap tomonga qayrilmoqchi bo‘lib turganida, orqa tomondan harakatlanib kelayotgan 33 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Cobalt avtomashinasi uni quvib o‘tmoqchi bo‘lgan. 

Biroq Nexia avtomashinasiga urilib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetida, trotuarda turgan 2023-yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan. U voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Yangiariq tumani ichki ishlar bo‘limi tergov guruhi tomonidan dastlabki tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Тошкентда 6 мингдан ортиқ йўловчи автобусда йўлкира тўламагани учун жаримага тортилди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:17

    'Ўзбекистонда исломий банклар ташкил этилиши мумкин'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:00

    Ўзбекистонда исломий банклар ташкил этилиши мумкин

    Qonunchilik palatasida islomiy bank to‘g‘risidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.

    '9 oyda 400 dan ortiq mansabdor manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:26

    9 oyda 400 dan ortiq mansabdor manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻydi

    Ular aksariyati maktab, maktabgacha ta'lim, sog'liqni saqlash va mahalliy hokimiyat organlari xodimlari bo'lgan.

    'Toshkentda ayol erining rashki tufayli farzandlari va o‘zini 8-qavatdan tashladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:41

    Toshkentda ayol erining rashki tufayli farzandlari va o‘zini 8-qavatdan tashladi

    Kecha Darakchi.uz holatni voqea joyiga borib o‘rgandi. So‘nggi xulosalarni quyida o‘qing.

    'Toshkentda mudhish voqea yuz berdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 00:39

    Toshkentda mudhish voqea yuz berdi

    Scooter va Spark toʻqnashuvi sababli ikki nafar shaxs jarohat olgan.

    'Endi "Shifokorning raqamli yordamchisi" dasturi yo'lga qo'yiladi'ning rasmi

    Jamiyat 17.09.2025 19:06

    Endi "Shifokorning raqamli yordamchisi" dasturi yo'lga qo'yiladi

    Dastur sun'iy intellektga asoslangan bo'lib, tibbiy ko'rik paytida shifokor nutqini avtomatik bayonlashtiradi.