AsosiyJinoyat

Buxoroda hokim yordamchisi 6 ming dollar pora bilan qoʻlga tushdi

U tezkor tadbirda pora olayotgan paytda qo'lga olindi.

'Buxoroda hokim yordamchisi 6 ming dollar pora bilan qoʻlga tushdi'ning rasmi

Peshku tumanida hokim yordamchisi yer sotib olishda yordam berish evaziga tadbirkordan 6000 dollar talab qilgan. U tezkor tadbirda pora olayotgan paytda qo‘lga olindi.

Matn: 10 sentyabr kuni Buxoro viloyati Peshku tumanida yashovchi tadbirkor mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan mutasaddi organlarga murojaat qilgan.

Unga ko‘ra, hokim yordamchisi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, hokimiyat zaxirasidagi 7 sotix yer maydonini "K-savdo" AAT orqali tadbirkorga rasmiylashtirib berish evaziga 6000 AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIO xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim yordamchisi ushbu miqdordagi pulni uchinchi shaxs orqali olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi "v" bandi (poraxo‘rlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar