AsosiyJamiyat

Notariuslar uchun yosh chegarasi oshirildi

2026-yil 1-apreldan O‘zbekistonda notarius lavozimida bo‘lishning eng yuqori yosh chegarasi oshiriladi.

'Notariuslar uchun yosh chegarasi oshirildi'ning rasmi

Prezidentning tegishli qaroriga asosan notariuslik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yosh chegarasi 65 yoshdan 70 yoshga oshiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2026 yil 1 mart sanasidan BHMning 1 000 baravarigacha bo‘lgan quyidagi nizosiz talablar bo‘yicha notariuslar tomonidan ijro hatlari yozish tartibi joriy etiladi.

Bunga notarial tasdiqlangan bitimlarga asoslangan talab, yozma va notarial tasdiqlangan bitim mavjud bo‘lgan taqdirda, undiruvni qarzdorning ko‘char mol-mulkka qaratish to‘g‘risida talab kiritiladi.

Shuningdek, ijro hatlari yozish tartibi ijara to‘lovlari, ko‘p kvartirali uylardagi joylarning mulkdorlaridan majburiy badal va to‘lovlar, kommunal va aloqa xizmatlari bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida talablar uchun ham joriy etiladi.

2026 yil 1 apreldan esa O‘zbekistonda notarius lavozimida bo‘lishning eng yuqori yosh chegarasi 65 yoshdan 70 yoshga oshiriladi. Bu Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan o‘tkaziladigan suhbat natijasiga ko‘ra notarius roziligi bilan 70 yoshgacha o‘zgartirilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar