7 sentyabr kuni Angrenda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lganlar soni 11 nafarga yetdi. Yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, bir nechta avtoulovlar bilan to‘qnashgan.
Farg‘ona viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, mazkur halokatli YTH Cement olib ketayotgan Shacman rusumli yuk mashinasi temiryo‘l kesishmasida boshqaruvni yo‘qotgani natijasida sodir bo‘lgan. To‘qnashuv natijasida ikki yuk mashinasi va beshta yengil avtoulov zararlangan.
Hodisa oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, bir nechta fuqarolar turli darajada jarohat olgan. Jabrlanganlarga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilmogda.
Viloyat hokimi halok bo‘lgan va jarohatlanganlarning oilalariga moddiy va psixologik yordam ko‘rsatishni topshirdi. Shuningdek, yuk transporti faoliyati bo‘yicha talablarni kuchaytirish, transport infratuzilmasini tahlil qilish va xorijiy tajribalarni o‘rganish bo‘yicha tegishli vazifalar yuklatildi.