Bir necha yil avval barchani dahshatga solgan “ayiq qafasi” voqeasining bosh qahramoni bo‘lgan qizaloq bu gal achinarli tarzda onasi qo‘lidan halok bo‘ldi.
Uning onasi — umrbod ruhiy xastalikka chalingan ayol — shifoxonadan chiqqaniga bir necha kun bo‘lmasdan qizini pichoqlab qo‘ydi.
2025 yil avgust oyi boshida Toshkent shahri Sergeli tumanida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan Zilola To‘laganova o‘z qizi — maktabga chiqqaniga atigi bir hafta bo‘lgan 7 yoshli Zarina Ahadovaqa oshxona pichog‘i bilan og‘ir jarohat yetkazdi. Qizaloq olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol shu yil 2 avgust kuni ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqarilgan va uyiga qaytishga ruxsat berilgan. Ammo ruhiy xastalikka chalingan onaning nazoratsiz qolishi yana bir fojiali oqibatga sabab bo‘ldi.
Hozirda holat yuzasidan Sergeli tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayol protsessual tartibda ushlangan va tergov harakatlari olib borilmog‘da.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil yanvar oyida aynan shu qizaloq onasi tomonidan Toshkent hayvonot bog‘idagi Kavkaz ayig‘i qafasiga tashlab yuborilgan edi. Omat va hayvonning notipik xulqi tufayli qizaloq og‘ir jarohatlar bilan tirik qolgan edi. Oradan 3 yil o‘tib, fojia bu gal uni ayovsiz ravishda yondoshdir.
Oldingi holatda ham onaga nisbatan 25-modda orqali 97-modda 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, biroq ayolning aksuardi va doimiy psixik muammolari e’tiborga olinib, sud tibbiy majburlov choralarini belgilagan edi.