Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim qurilish tashkilotlari reytingni oshirish maqsadida fuqarolarni ogohlantirmasdan ishchi sifatida rasmiylashtirayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Mazkur masalaga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi munosabat bildirib, reyting tizimi avtomatik tarzda tuzilishini va bu jarayonda “Shaffof qurilish” tizimi faqat mavjud ma’lumotlarni jamlash bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi.
Reyting Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi bazalaridan olinadigan ma’lumotlarga asoslanadi.
Shu bois, fuqarolarning roziligisiz rasmiylashtirish holatlarini aniqlash va oldini olish bo‘yicha yangi tartiblar ishlab chiqilmocda.
Shuningdek, agar qurilish tashkiloti reyting yoki tender jarayonida soxta ma’lumot taqdim etsa, u holda qonunchilikka muvofiq jazoga tortilishi mumkin, xususan “insofsiz ijrochilar” reestriga kiritiladi yoki elektron bayonnomasi bekor qilinadi.
Rasmiy manbalar orqali aniqlashtirilgan ma’lumotlar asosida harakat qilish tavsiya etiladi.