BMT Bosh kotibining favqulodda yordam bo‘yicha o‘rinbosari Tom Fletcher Afg‘onistonda yuz bergan halokatli zilziladan keyin shakllangan insonparvar inqirozi jahon miqyosida gumanitar ishlarga ajratilayotgan mablag‘lar kamayishining qanchalik og‘ir oqibatlarga olib kelishini ko‘rsatganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, butun dunyoda mablag‘larning qisqarishi millionlab odamlarga tibbiy va oziq-ovqat yordamini yetkazib berishning to‘xtashiga hamda ko‘plab gumanitar tashkilotlar faoliyatini qisqartirishiga sabab bo‘lmogda.
Afg‘onistondagi zilziladan so‘ng BMTning Insonparvar ishlari boshqarmasi 10 million dollar ajratib, vaqtincha boshpana, oziq-ovqat va tibbiy xizmat ko‘rsatishni boshladi. Ammo Fletcherning aytishicha, bu yetarli emas — agar qo‘shimcha mablag‘lar safarbar qilinmasa, qish mavsumida yanada ko‘proq insoniy qurbonlar bo‘lishi mumkin.
Avvalroq, Afg‘onistonda 31 avgust kuni yuz bergan 6 magnitudali zilzila oqibatida 2200 dan ortiq odam halok bo‘lgani, kamida 3600 kishi jarohatlangan xabar qilingandi.