Qozoqʻiston va Oʻzbekiston muntazam ravishda qoʻshma harbiy mashgʻulotlar oʻtkazishga kelishib oldi. Bu haqda Qozoqʻiston bosh vaziri Oljas Bektenov imzolagan hujjatda qayd etilgan. Kelishuvga koʻra, mashgʻulotlar ikki davlat hududida navbatma-navbat oʻtkaziladi. Unda quruqlik qoʻshinlari, harbiy aviatsiya va maxsus texnika ishtirok etadi. Shartnoma doirasida chegaradan harbiy kolonnalarning oʻtishi, poligonlardan foydalanish hamda tibbiy va texnik taʼminot masalalari tartibga solinadi. Hujjat 5 yil muddatga tuzilgan boʻlib, tomonlardan biri rad etmasa, avtomatik tarzda uzaytiriladi. Rasmiylarga koʻra, kelishuvning maqsadi mintaqada xavfsizlikni mustahkamlash va ikki davlat armiyalari oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirishdir.
Boshqa yangiliklar

Jamiyat 07.09.2025 19:49
Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлиги блогерлар ва ОАВ вакилларидан аллақачон ўз ечимини топган масалаларни қайта кўтариб, жамоатчиликда ортиқча хавотир уйғотмасликни сўради.

Jamiyat 07.09.2025 14:27
Yengil avtobus yonib ketdi.

Jamiyat 07.09.2025 12:17
2026 йилдан бошлаб (пахта ва ғалладан ташқари) қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини сотишда қўшилган қиймат солиғи 0 фоиз қилиб белгиланади.

Jamiyat 07.09.2025 11:06
Nazorat tadbirlarida Ai-80 va Ai-92 markali avtobenzin namunalarida davlat standartlariga mos kelmaganlik holatlari aniqlandi.

Jamiyat 07.09.2025 10:21
Sentyabr–oktyabr oylarida poytaxtning turli hududlarida issiq suv taʼminoti profilaktika ishlari sababli bosqichma-bosqich oʻchiriladi.

Jamiyat 07.09.2025 01:18
Mart oyida yuz bergan mojaro boyicha sud majlisi yopiq o‘tkazilmog‘da.