AsosiyJamiyat

Ўзбекистон Афғонистонга инсонпарварлик ёрдами юборди

Oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va tibbiy buyumlar ortilgan 300 tonnaga yaqin yuk O‘zbekiston xalqi nomidan Balx viloyatiga etkazildi.

'Ўзбекистон Афғонистонга инсонпарварлик ёрдами юборди'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga muvofiq, xalqimizga xos bag‘rikenglik va hamdardlik ramzi sifatida Kunar va Nangarhor viloyatlari aholisi uchun insonparvarik yordami yuborildi. Oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va tibbiy buyumlar ortigan 300 tonnaga yaqin yuk O‘zbekiston xalqi nomidan Balx viloyatiga etkazildi.

Hayraton shahridagi "Astras" kompaniyasi hududida insonparvarik yordami topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Balx viloyati gubernatorining o‘rinbosari Nurulhodi Abuydris hamda ikki tomon rasmiylari ishtirok etdi.

Yuborilgan yordam tarkibidan un, guruch, shakar, tushyonka, makaron va qandolat mahsulotlari, yog‘, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va mosh, qadoqlangan ichimlik suvi, 5 mingta yoping‘ich hamda 10 tonnadan ortiq dori vositalari va tibbiy buyumlar o‘rin olgan.

Afg‘oniston rasmiylari O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga ko‘rsatilayotgan bunday insonparvarik yordami uchun chuqur minnatdorlik izhor etdilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"Sen ruslarning qulisan" voqeasi ortidan TIV OAV va blogerlarni muhokamalardan tiyilishga chaqirdi'ning rasmi

    Jamiyat 07.09.2025 19:49

    "Sen ruslarning qulisan" voqeasi ortidan TIV OAV va blogerlarni muhokamalardan tiyilishga chaqirdi

    Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлиги блогерлар ва ОАВ вакилларидан аллақачон ўз ечимини топган масалаларни қайта кўтариб, жамоатчиликда ортиқча хавотир уйғотмасликни сўради.

    'Qozogʻiston va Oʻzbekiston qoʻshma harbiy mashgʻulotlar oʻtkazadi'ning rasmi

    Jamiyat 07.09.2025 17:18

    Qozogʻiston va Oʻzbekiston qoʻshma harbiy mashgʻulotlar oʻtkazadi

    Shartnoma doirasida chegaradan harbiy kolonnalarning o'tishi, poligonlardan foydalanish hamda tibbiy va texnik ta'minot masalalari tartibga solinadi.

    'Toshkentda mudhish voqea yuz berdi'ning rasmi

    Jamiyat 07.09.2025 14:27

    Toshkentda mudhish voqea yuz berdi

    Yengil avtobus yonib ketdi.

    'Fermer va dehqonlar uchun QQS bekor qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat 07.09.2025 12:17

    Fermer va dehqonlar uchun QQS bekor qilinadi

    2026 йилдан бошлаб (пахта ва ғалладан ташқари) қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини сотишда қўшилган қиймат солиғи 0 фоиз қилиб белгиланади.

    'Farg‘onada 3 ta AYOKSH sifatsiz benzin sotgani uchun jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat 07.09.2025 11:06

    Farg‘onada 3 ta AYOKSH sifatsiz benzin sotgani uchun jarimaga tortildi

    Nazorat tadbirlarida Ai-80 va Ai-92 markali avtobenzin namunalarida davlat standartlariga mos kelmaganlik holatlari aniqlandi.

    'Toshkentda issiq suv qachon o‘chirilishi ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 07.09.2025 10:21

    Toshkentda issiq suv qachon o‘chirilishi ma’lum bo‘ldi

    Sentyabr–oktyabr oylarida poytaxtning turli hududlarida issiq suv taʼminoti profilaktika ishlari sababli bosqichma-bosqich oʻchiriladi.