AsosiyDunyo

Isroil mudofaa kuchlari G‘azoni bosib olish rejasining 2-bosqichiga start berdi

Bu bosqich G'azo aholisi, ayniqsa G'azo shahrida yashovchi millionga yaqin insonning ommaviy ko'chirilishiga olib kelishi mumkin.

'Isroil mudofaa kuchlari G‘azoni bosib olish rejasining 2-bosqichiga start berdi'ning rasmi

Isroil mudofaa kuchlari bosh shtabi boshligʻi Eyal Zamir 3 sentabr kuni Gʻazo sektorini ishgʻol qilishga qaratilgan harbiy operatsiyaning ikkinchi bosqichi boshlanganini eʼlon qildi. Bu haqda Daily Sabah xabar berdi.

Bildirilishicha, bu bosqich Gʻazo aholisi, ayniqsa Gʻazo shahrida yashovchi millionga yaqin insonning ommaeviy koʻchirilishiga olib kelishi mumkin. Avgust oyi boshida Isroil hukumati Gʻazo shahrini bosqichma-bosqich qayta ishgʻol qilish rejasini maʼqullagan edi. Ayni paytda armiyaning asosiy nishoni Gʻazo shahri boʻlib turibdi.

Yahudiy rasmiylariga koʻra, allaqachon 70 mingdan ortiq aholi shimoliy hududlarni tark etgan. Endilikda bu raqam bir millionga yetishi taxmin qilinmoqda. Shuningdek, Isroil janubda yangi "gumanitar zona" tashkil etishni rejalashtirgan — u markaziy qochqinlar lagerlaridan Al-Mavosiy va uning sharqiy hududlarigacha choʻzilishi mumkin.

BMT va Qizil xoch vakillari bu kabi ommaeviy koʻchirishni xavfsiz va insoniy tarzda amalga oshirish deyarli imkonsiz ekanini taʼkidlamoqda. Isroil tomoni sektorda suv, elektrov va sogʻliqni saqlash infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha baʼzi chora-tadbirlarni eʼlon qilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qozog‘iston TIV rahbari hibsga olingani rad etildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:49

    Qozog‘iston TIV rahbari hibsga olingani rad etildi

    Orda.kz’dagi ma’lumot rad etildi, nashrga nisbatan sudga murojaat qilinishi mumkin.

    'AQSh Prezidenti Donald Trump Hindiston bilan savdo bitimidan voz kechdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:41

    AQSh Prezidenti Donald Trump Hindiston bilan savdo bitimidan voz kechdi

    Prezident Hindiston Rossiya neftidan voz kechmaguncha, bitimni maʼqullamasligini aytgan.

    'Qozog‘iston TIV rahbari qamoqqa olingani aytilmoqda.'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:36

    Qozog‘iston TIV rahbari qamoqqa olingani aytilmoqda.

    Mahalliy OAVlarga ko'ra, vazir SHT sammitidan qaytgach, o'z uyida qo'lga olingan.

    'Paulu Bentu Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiylik taklifini rad etdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:51

    Paulu Bentu Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiylik taklifini rad etdi

    Portugaliyalik mutaxassis taklif etilgan shartlarni oʻz maqsadlariga mos deb topmadi.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:45

    'Toshkent viloyatida 3 mlrd so‘mlik elektro‘g‘irligi fosh etildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:40

    Toshkent viloyatida 3 mlrd so‘mlik elektro‘g‘irligi fosh etildi

    Yangiyoʻlda faoliyat yuritgan sex noqonuniy tarzda elektr tarmogʻiga ulanib, davlatga yirik zarar yetkazgan.