Bosh konsulxonaning bergan xabariga ko‘ra, joriy yilning 17 avgust kuni Turkiya Respublikasining Istanbul shahri, Umraniye tumanida Samarqand viloyatidan kelib vaqtincha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan, 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi N.S. eri, O‘zbekiston fuqarosi U.S. tomonidan rashk oqibatida pichoqlab o‘ldirilgan.
Istanbul politsiyasi tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari davomida gumondor 18 avgust kuni ertalab Umraniye hududida qo‘lga olingan.
Shuningdek, jinoyatchi yashirinishda yordamlashganlikda gumon qilinayotgan, asli Jizzax viloyatidan bo‘lgan B.O. ham politsiya tomonidan ushlangan.
Surishtiruv ishlari yakuniga yetgach, 19 avgust kuni gumondalanishchilarga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda hodisa yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Konsulxonaning qo‘shimcha qilishicha, marhumaning jasadini O‘zbekistonga yuborish bo‘yicha zarur hujjatlar rasmiylashtirilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan yordam ko‘rsatilmoqda.