Toshkent shahrida qushxonadan qochib, odamlarga tashlangan buqa otib o‘ldirildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tungi soat taxminan 2:00 larda Chilonzor tumani Ichki ishlar bo‘limiga qushxonadan qochgan qoramol odamlarga hujum qilayotgani haqida xabar kelib tushgan. Shunga asosan IIO xodimlari hodisa joyiga etib borgan.
Xodimning ta’kidlashicha, buqa fuqarolarga qarab yugurgani sababli xizmat avtomobilida yo‘lni yopishga majbur bo‘lgan. Ammo qoramol inspektorni ham suzgan va u tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Shundan so‘ng, buqa Bektöpi ko‘chasida boshqa fuqarolarga shikast yetkazmasligi uchun otib o‘ldirilgan.