AsosiyDunyo

Xitoyda 2 yoshli bola mashinada qisilib vafot etdi

Shifokorlar miya jarohati va kislorod yetishmasligi tashxisini qoʻygan.

'Xitoyda 2 yoshli bola mashinada qisilib vafot etdi'ning rasmi

Xitoyda 2 yosh-u 7 oylik  bola mashina o‘rindig‘iga qisilib qolib vafot etdi.Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

Bildirilishicha, o‘sha paytda ota mashinada rafiqasi va ikki farzandi bilan ketayotgan bo‘lgan. Ayol va qizi ikkinchi qatorda, ikki yosh-u 7 oylik o‘g‘li esa yolg‘iz holda uchinchi qatorda o‘tirgan.

Bola maxsus xavfsizlik o‘rindig‘ida bo‘lgan. Opasi o‘rindiqning orqa qismini pastga tushirgan, oqibatda bolaning boshi opasining o‘rindig‘iga qattiq qisilib qolgan. Ikki yashar bola hushini yo‘qotgan va badani ko‘karishni boshlagan.

Shifoxonaga olib borilganida shifokorlar miya jarohati va kislorod yetishmasligi oqibatida bolani allaqachon vafot etganini aniqlagan.

Hodisadan so‘ng ota-ona avtomobil ishlab chiqaruvchini “konstruksiya nuqsoni”da ayblab sudga bergan. Da’vogarlarga ko‘ra, kampaniya aniq ogohlantirish bermagan va avtomobil o‘rindig‘ida avtomatik qaytish (avto-retratsion) funktsiyasi bo‘lmagan. Oila kampaniyadan kechirim so‘rashni va 280 ming dollar miqdorida tovon (tibbiy xarajatlar, o‘lim uchun kompensatsiya va ruhiy qo‘llab-quvvatlash to‘lovlari) talab qilgan.

Biroq avto kampaniya uning tovarlari barcha sanoat standartlariga javob berishi, Xitoyning majburiy sifat sinovlaridan o‘tganini bildirgan. Pudong tuman sudi esa fojiaga “ota-onaning beparvoligi” sabab bo‘lganini ta’kidlab, da’voni rad etgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 05:01

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:13

    'AQSh va Isroildan Eron boʻyicha keskin bayonot'ning rasmi

    Dunyo 01.03.2026 17:45

    AQSh va Isroildan Eron boʻyicha keskin bayonot

    AQSh va Isroil rahbarlari Eron atrofidagi keskin vaziyat fonida jamoat e'tiborini tortgan bayonotlar bilan chiqish qildi.

    'Dubay va Abu-Dabida yirik hujum boshlandi'ning rasmi

    Dunyo 01.03.2026 11:15

    Dubay va Abu-Dabida yirik hujum boshlandi

    Ushbu muhim voqea ortidan 1 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohatlandi.

    'Xomanaий қандай ўлим топгани очиқланди'ning rasmi

    Dunyo 01.03.2026 09:24

    Xomanaий қандай ўлим топгани очиқланди

    Eron davlat televideniyesi efirida u haqda "Eron Islom inqilobi rahbari shahidlikka erishdi" degan ibora ishlatildi.

    'Iroqda Sadr Xomanaiyning vafoti munosabati bilan 3 kunlik motam eʼlon qildi'ning rasmi

    Dunyo 01.03.2026 08:46

    Iroqda Sadr Xomanaiyning vafoti munosabati bilan 3 kunlik motam eʼlon qildi

    Iroqning nufuzli diniy va siyosiy yetakchisi Muqtada as-Sadr Eron Oliy rahbari Ali Xomeneyning vafoti munosabati bilan butun islom olamiga hamdardlik bildirdi va mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi.