2025 yil 3 aprel kuni Jannat ismli qiz Toshkent viloyatining Keles shahriga turmushga uzatilgan. Onasining so‘zlariga ko‘ra, qiz baxtli edi va turmush qurishga o‘zi rozi bo‘lgan.
Biroq to‘ydan uch kun o‘tib, 6 aprel kuni qizining jasadi oila a’zolariga topshirilgan. Marhumaning onasi Millar dasturiga bergan intervyusida, qizi bo‘gib o‘ldirilganini taxmin qilmoqda.
Qayinona esa o‘lim vaqtida uyda hech kim bo‘lmaganini aytib, kelin o‘z joniga qasd qilganini da’vo qilgan. Onaning ta’kidlashicha, bunday versiya haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Bosh prokuratura vakili Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, tergovga qadar o‘tkazilgan tekshiruvda jinoyat alomatlari aniqlanmagan va shu sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagan. Hozircha sudga oid tibbiy ekspertiza o‘tkazilgani yoki yo‘qligi noma’lum.