AsosiyBu qiziq

TikTok va Instagramdagi qisqa videolar miyaga zararli?

Mutaxassislar ekran oldida o‘tkaziladigan vaqtni cheklash, tanaffuslar qilish, onlayn faollikni rangbarang qilishni maslahat bermoqda.

'TikTok va Instagramdagi qisqa videolar miyaga zararli?'ning rasmi

Tadqiqotchilar, TikTok va Instagramdagi qisqa videolarga haddan ortiq berilib ketish miyaning ishlashini ham salbiy tomonga o‘zgartirishini aniqlandi. Bu haqda "NeuroImage" jurnalida e’lon qilindi.

Bildirilishicha, qisqa videolarni faol tomosha qiladigan insonlarda miyaning "mukofot" tizimi – spirtli ichimlik iste’molida yoki qimor o‘yinlarida faollashadigan neyron zanjirlar kuchayadi. Ya’ni, miya "dopaminga haddan tashqari to‘yintiriladi" va oddiy zavq manbalariga yomonroq javob qaytara boshlaydi.

Oqibatda, bu qaramlikni keltirib chiqaradi va qondirilish uchun tobora kuchliroq stimul kerak bo‘ladi. Miyaning qaror qabul qilish va diqqat markazlashuviga javobgar prefrontal qobi‘i zarar ko‘radi.

Neyrobiologlarning aytishicha, bu kabi o‘zgarishlar spirtli ichimliklarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish ortidan kuzatiladigan kognitiv buzilishlarga o‘xshaydi.

Tadqiqotchilar kechasi TikTok yoki Reels tomosha qilish xavfiga alohida e’tibor qaratmoqda. Ekranning yorqin nuri va hissiy jihatdan kuchli kontent sirkadiy ritmini (inson organizmidagi 24 soatlik biologik vaqt) buzadi, melatonin ishlab chiqilishini sekinlashtiradi va organizmni uyqu bosqichiga o‘tishiga xalaqit beradi.

    Boshqa yangiliklar