AsosiyJinoyat

Namanganda soxta "dindorlar" ushlandi

Bir guruh “uddaburonlar” voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib daromad qilib kelgan.

'Namanganda soxta "dindorlar" ushlandi'ning rasmi

Namangan viloyatida bir guruh noqonuniy yo‘l bilan daromad topayotgan soxta “dindorlar” qo‘lga olindi. Bu haqda DXX D.uz ga xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Namangan shahri, Yangi Namangan tumani, Uychi, To‘raqo‘rg‘on va Namangan tumanlarida bir qator soxta dindorlar qo‘lga olingan.

Jumladan, Namangan shahrining Baliqchi ko‘chasida ko‘p qavatli uylarning birida 15 nafar shaxsga diniy saboq berib kelgan va Ma’rifat mahallasida yashovchi ayol o‘z xonadonida

14 nafar voyaga yetmagan bolalarga diniy o‘qish tashkil etib, ularning har biridan oyiga 1,5 million so‘mdan pul olib kelgan.

Yangi Namangan tumanida qayd etilgan holatda esa 1983 yilda tug‘ilgan shaxs yashirin “hujra”da 10 nafar voyaga yetmagan qizlarga va 3 nafar fuqaroga diniy ta’lim berib kelgan.

Yana shu kabi holat, Uychi, To‘raqo‘rg‘on va Namangan tumanlarida ham kuzatilgan.

Hozirda soxta “dindorlar” hamda bolalarni tarbiyalash majburiyatlarini bajarmagan ota-onalarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '“O‘zavtoyo‘lbelgi” rahbariyatiga jinoyiy ish ochildi'ning rasmi

    Jinoyat 23.02.2026 13:26

    “O‘zavtoyo‘lbelgi” rahbariyatiga jinoyiy ish ochildi

    “O‘zavtoyo‘lbelgi” DUKning 3 nafar mansabdori turli moddalar bo‘yicha ayblanib, sud jarayoni boshlandi.

    '"Bishkeklik manyak" tergov izolyatorida o'lik holida topildi'ning rasmi

    Jinoyat 09.02.2026 13:52

    "Bishkeklik manyak" tergov izolyatorida o'lik holida topildi

    Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi 1-sonli tergov hbsxonasida “bishkezlik manyak” nomi bilan tanilgan Qumarbek Abdirov o‘lik holida topildi.

    'Surxondaryoda ekologiya idorasi mansabdorisi pora bilan ushlangan'ning rasmi

    Jinoyat 09.02.2026 02:26

    Surxondaryoda ekologiya idorasi mansabdorisi pora bilan ushlangan

    Surxondaryo viloyatida daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq holat bo‘yicha dalolatnomani o‘zgartirib berish evaziga pora talab qilgan mansabdor shaxs qo‘lga olindi.

    'Otasini ayovsiz kaltaklab, uning o‘limiga sabab bo‘lgan erkak qamaldi.'ning rasmi

    Jinoyat 16.01.2026 06:52

    'Surxondaryoda 11-sinf o‘quvchisi 9-sinf qizini zo‘rlagani aytilmoqda'ning rasmi

    Jinoyat 13.01.2026 16:18

    Surxondaryoda 11-sinf o‘quvchisi 9-sinf qizini zo‘rlagani aytilmoqda

    Hodisa bir necha oy avval maktabdan tashqarida va o‘quv vaqtidan tashqari paytda yuz bergan.

    'Akmal Shukurovni ozod qilgan 4 nafar sudya qamoqqa olindi'ning rasmi

    Jinoyat 13.01.2026 15:36

    Akmal Shukurovni ozod qilgan 4 nafar sudya qamoqqa olindi

    Tungi klub oldida sodir etilgan og‘ir jinoyat bo‘yicha sud qarorini noqonuniy o‘zgartirishda ayblangan sudyalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.