AsosiyJamiyat

Qachon O‘zbekiston yuqori daromadli mamlakatlar ro‘yxatiga kiradi?

Prognozlarga ko‘ra O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng so‘nggi o‘rinni egallagan.

'Qachon O‘zbekiston yuqori daromadli mamlakatlar ro‘yxatiga kiradi?'ning rasmi

Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad bo‘yicha rivojlangan davlatlarga (14 ming dollar) yetib olish uchun Qozog‘iston va Turkmanistonga qariyb 40 yil, Qirg‘izistonga 70 yil, O‘zbekiston va Tojikistonga esa 100 yildan ortiqroq vaqt kerak, deyiladi Jahon banki hisobotida. O‘zbekiston bu marraga Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng oxirgi bo‘lib yetishi mumkin.

Jahon banki Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha “Tadbirkorlik, texnologiya va innovatsiyalar orqali o‘sishni tezlashtirish” nomli hisobot e’lon qildi. Unda usbu mintaqadagi rivojlanayotgan davlatlar qancha muddatda aholi jon boshiga daromad bo‘yicha yuqori daromadli davlatlar darajasiga yetishiga oid prognoz o‘rin olgan.

Bu prognozga mintaqa davlatlarining oxirgi 10 yildagi o‘rtacha iqtisodiy o‘sishi asos bo‘lgan. Agar daromadlarning (jon boshiga GNI) pandemiyadan keyingi davrdagi o‘rtacha o‘sishini olsak, hisob-kitoblarga ko‘ra, jon boshiga daromadlar Qozog‘istonda 2026 yilning o‘zida 14 ming dollarlik darajadan o‘tadi. Shuningdek, Turkmaniston 2034 yilda, Tojikiston 2037 yilda, O‘zbekiston esa 2042 yilda bu darajadan o‘tishi mumkin. Ya’ni O‘zbekiston baribir mintaqada bu darajaga eng oxirgi yetadigan mamlakat bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, 2024 yilda O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 896,3 trillion so‘mni tashkil etgan. Nominal ko‘rinishda o‘sish 18,5 foizga, haqiqiy o‘sish sur’ati esa (inflyatsiya hisobiga) 8,1 foiz bo‘lgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Тайландда ўзбекистонлик эркак вояга етмаган қизга тажовуз қилганликда гумонланиб ҳибсга олинди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:09

    Тайландда ўзбекистонлик эркак вояга етмаган қизга тажовуз қилганликда гумонланиб ҳибсга олинди

    Phuket orolida 37 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 16 yoshli qizga nisbatan jinsiy tajovuz sodir etganlikda gumonlanmoqda.

    'Surxondaryoda ayol va bolasini molxonada saqlaganlar sud hukmi o‘qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:51

    Surxondaryoda ayol va bolasini molxonada saqlaganlar sud hukmi o‘qildi

    5 oy davomida majburan saqlangan ayol va yangi tug'ilgan farzandiga zo'ravonlik qilganlarga jazo tayinlandi.

    'Тожикистонга олиб ўтилаётган ноқонуний дори воситалари аниқланди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:35

    Тожикистонга олиб ўтилаётган ноқонуний дори воситалари аниқланди

    Bekobodda "Farhod" chegara bojxona postida qiyati 1 mlrd so‘mdan oshiq dori vositalarining noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi.

    'Qoraqoʻlda oʻquv markazida 20 nafar abiturient zaharlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:28

    Qoraqoʻlda oʻquv markazida 20 nafar abiturient zaharlandi

    Bemorlardan olingan qon namunalari belgilangan tartibda ekspertizaga yuborilgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 11.01.2026 17:19

    ''ning rasmi

    Jamiyat 11.01.2026 12:57