AsosiyJamiyat

Bekoboddа MIB xodimi pora bilan ushlаndi

Davlat ijrochisi xorijga chiqish taqiqini olib tashlab berish evaziga 20 млн soʻm talab qilgan.

'Bekoboddа MIB xodimi pora bilan ushlаndi'ning rasmi

Toshkent viloyatida Milliy xavfsizlik xizmati va viloyat prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Bekobod shahar MIB davlat ijrochisi 13 million so‘m pora olayotgan paytda qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, u aliment qarzdorligi sababli qo‘yilgan xorijga chiqish taqiqini olib tashlash evaziga fuqarodan jami 20 million so‘m so‘ragan. U ilgariroq 450 dollar va 1,3 million so‘m ham olgan.

Sud hukmiga ko‘ra, jinoyatchi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topilib, 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Shuningdek, u 2 yil davomida davlat xizmatida ishlash huquqidan mahrum qilindi.

    Boshqa yangiliklar