Bosh konsulxonaning xabar berishicha, joriy yilning 9 avgust kuni Bolgariyaning Sozopol shahridagi Kavacite sohilida cho‘kayotgan ukrainalik qizni qutqarishga urinish chog‘ida halok bo‘lgan 22 yoshli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi J.M.ning jasadi Bolgariya Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmatlari tomonidan suv ostidagi yirik qoyatoshlar orasidan olib chiqilgan.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Bolgariyadagi Faxriy konsullik bilan hamkorlikda marhumning jasadini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rmoqda.
Fursatdan foydalanib, Bosh konsulxona marhumning oila a’zolari va yaqinlariga yana bir bor chuqur hamdardlik bildiradi, deyiladi xabarda.