Toshkent viloyati hududida faoliyat yuritayotgan bir qator avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish va suyultirilgan gaz to‘ldirish shoxobchalarining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shoxobchalarda yong‘inga qarshi holat yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazilgan. Tekshiruvlar natijasida yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishi holatlari aniqlandi va mas’ul xodimlarga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llangan. Qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida shoxobchalarning faoliyati tegishli tartibda vaqtincha to‘xtatildi.