Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahri va Xebey viloyatida roʻy bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida koʻplab odamlar qurbon boʻlgani, jarohat olgani va katta talafotlar yetkazilgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpingga hamdardlik bildirdi.
Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga taskin-tasalli soʻzlarini yuborib, jarohatlanganlar tez fursatda shifo topishini tiladi.