AsosiyJamiyat

Toshkentda aeroportga ishga kiritib qo‘yaman deb pora olgan nazoratchi qo‘lga olindi

Toshkent xalqaro aeroportida ishlovchi xavfsizlik xodimi fuqaroni ishga joylashtirishni va’da qilib, undan 500 dollar olgan vaqtida ushlangan.

'Toshkentda aeroportga ishga kiritib qo‘yaman deb pora olgan nazoratchi qo‘lga olindi'ning rasmi

I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti Aviatsiya xavfsizligi xizmati nazoratchisi fuqaroni o‘z tanishlari yordamida ishga kiritmoqchi bo‘ldi. Bu haqda DXX Darakchi.uz’ga xabar berdi.

Bildirilishicha, u firibgarlik yo‘li bilan 500 AQSH dollari olayotgan vaqtida qo‘lga tushgan.

Dastlabki surishtiruvda fuqaro aeroportga ishga joylashtirish bahonasida 10 ga yaqin odamdan 500–1000 dollar oralig‘ida pul olganini tan olgan.

Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar