AsosiyJamiyat

Andijonda korxonadagi avariya ortidan ariqlarda neft oqdi

Holat yuzasidan Viloyat Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi munosabat bildirdi.

'Andijonda korxonadagi avariya ortidan ariqlarda neft oqdi'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Bo‘loqboshi tumani Raish qishlog‘idan oqib o‘tuvchi kanalda qop-qora neft oqayotganligi haqida xabarlar tarqaldi. Andijon viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda o‘rganilmoqda.

 Qayd etilishicha, “SANOAT ENERGETIKA GURUHI” MCHJ tomonidan neftni qayta ishlash natijasida avariya holati aniqlangan.

Ayni vaqtda ushbu holat to‘liq bartaraf etilgan. Holat bo‘yicha “SANOAT ENERGETIKA GURUHI” MCHJga tegishli tartibda tekshiruv o‘tkazish uchun hujjatlar rasmiylashtirildi.

“Tekshirish yaxuni bilan tabiatga yetkazilgan zarar va ta’sir choralari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi”, — deyiladi izohda

    Boshqa yangiliklar