AsosiyDunyo

Endi Rossiyada migrantlar taksichilik qila olmaydimi?

Taqiq aynan yengil avtomobillarni ijaraga olgan muhojirlarga tegishli.

'Endi Rossiyada migrantlar taksichilik qila olmaydimi?'ning rasmi

Rossiyaning yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Sankt-Peterburgda taksoparklarga patent asosida faoliyat yuritadigan chet elliklarni ishga olish taqiqlangan. Bu haqda shahar matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yengil avtomobillarni ijaraga olgan muhojirlarga tegishli.

“Ushbu qaror taksichilik sohasida xizmatlar sifati va xavfsizligini oshirish va Rossiya Federatsiyasi fuqarolari uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan. Amaldagi mehnat munosabatlarini yakunlash hamda o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun yangi xodimlarni jalb qilish imkonini beruvchi 3 oylik o‘tish davri nazarda tutilgan”,— deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Rossiyada chet el fuqarosining patenti – bu mamlakat hududida qonuniy ishlash huquqini beruvchi hujjatdir. 

Bundan tashqari, avvalroq Rossiya Davlat Dumasi deputatlari migrantlarning xorijga yuboradigan pul mablag‘lariga cheklov qo‘yishni taklif qilgandi.

Ushbu taklifga ko‘ra, agar migrant o‘z rasmiy daromadidan ortiqcha miqdorda pul jo‘natmoqchi bo‘lsa, u daromadlarini tasdiqlovchi moliyaviy deklaratsiyani taqdim etishi lozim.

    Boshqa yangiliklar