Shuningdek, Tehron raketalarni uchirish qurilmalarining qariyb 60 foizini va dronlar parkining 40 foizini saqlab qolgan yoki qayta ishga tushirgan.
Ma'lum qilinishicha, o't ochish to'xtatilgan paytda Eron uchirish imkoniyatlarining yarmiga ega bo'lgan. Keyin esa yer osti omborlaridan qo'shimcha qurilmalar chiqarilib, bu ko'rsatkich 60 foizga yetkazilgan.
AQSh razvedkasi Eron vayronalar ostida qolgan raketaviy zaxiralarni tiklash ishlarini ham faol olib borayotganini ta'kidlagan. Bu ishlar muvaffaqiyatli yakunlansa, umumiy salohiyat 70 foizgacha yetkazilishi mumkin.






