“Neferpitou” taxallusli noma’lum xaker Naval Group kompaniyasiga tegishli 13 GB ichki hujjatlarni ommaga tarqatdi. Maxfiy fayllarning umumiy hajmi 1 terabaytdan oshgan. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi.
Sizdirilgan hujjatlar orasida Fransiya harbiy-dengiz kuchlarida qo‘llaniladigan fregatlar va yadroviy suvosti kemalarining to‘liq dasturiy ta’minoti, qurol tizimlari kodi, tarmoq sxemalari, foydalanuvchi qo‘llanmalari va ichki yozishmalar mavjud. Bu ma’lumotlar strategik va texnologik jihatdan nihoyatda muhim sanaladi.
Xavfsizlik buzilishi faqat Naval Group bilan cheklanmay, Thales, Dassault Aviation va Safran kabi yirik mudofaa korporatsiyalariga aloqador tizimlarga ham ta’sir qilgan. Bu kompaniyalar Fransiyaning eng yirik harbiy ishlab chiqaruvchilari hisoblanadi.
E’tiborlisi, xaker hujumdan hech qanday moddiy manfaat ko‘zlamagan. U 72 soat ichida barcha ma’lumotlarni bepul e’lon qilgan. Mutaxassislar bu hujumni “Fransiya mudofaa sanoatining raqamli zaifligini ochib beruvchi tahdid” sifatida baholamoqda. Rasmiylar hozircha holat bo‘yicha rasmiy bayonot bermagan.