AQSh prezidenti Donald Trump Kubada yaqin orada “yangi tong” boshlanishi mumkinligini aytib, mamlakatga nisbatan ehtimoliy operatsiyaga ishora qildi. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi.
Trumpning ta’kidlashicha, kubaliklar o‘nlab yillar davomida kutlgan o‘zgarishlar arafasida turibdi. U AQSh zarur hollarda mamlakatga aralashishini bildirib, bu jarayon Kuba xalqiga “uzoq kutlgan erkinlik” olib kelishi mumkinligini qayd etdi.
AQSh rahbari chiqishi davomida o‘zini “tinchlikparvar” sifatida ta’riflab, mamlakat uning hokimiyatga kelishidan oldin zaiflashganini, hozir esa bu qarashlar o‘zgarganini urg‘uladi. Shuningdek, u ilgari “sakkizta urushni yakunlagani”ni ham eslatib o‘tdi.
Ayni paytda, Trumpning Kubaga oid bunday bayonotlari ilk bor yangrayotgani yo‘q. Defense Express nashrining yozishicha, orolda ehtimoliy tahdidlarga qarshi mudofaa tayyorgarligi kuchaytirilgan.






