AsosiyDunyo

Yuriy Dud davlatga xiyonat qilishda gumon qilinmoqda

Jurnalist 20 yillik qamoq jazosi bilan tahdid qilindi.

'Yuriy Dud davlatga xiyonat qilishda gumon qilinmoqda'ning rasmi

Rossiyalik taniqli jurnalist Yuriy Dudga nisbatan “davlatga xiyonat” moddasi bo‘yicha tekshiruv boshlanishi mumkin. Bu haqda TASS axborot agentligi yozmoqda.

“Yuriy Dudning harakatlari Jinoyat kodeksining 275-moddasi – davlatga xiyonat – alomatlariga ega bo‘lishi mumkin. Uzoq muddatli ozodlikdan mahrum etish jazosi ko‘zda tutilgan”, – deyiladi xabarda.

Agar jurnalistga nisbatan yuqorida keltirilgan moddaga asos ish qo‘zg‘atilsa u 20 yilgacha qamoq jazosi bilan jazolanadi.

Ma’lum qilinishicha, bu bayonot Dudning AQSHning Rossiyadagi sobiq elchisi Maykl Macfol bilan olib borgan intervyusi e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay paydo bo‘lgan. Ammo Dud mazkur holatga hanuz javob bergani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya hukumati Dudni “xorijiy agent” deb e’lon qilgan, so‘ngra u mazkur maqom bilan bog‘liq majburiyatlarni bajarmaganlikda ayblangan edi. Jurnalistga nisbatan hibsga olish buyrug‘i chiqarilgan va u xalqaro qidiruvga berilgan.

Jurnalist Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirganidan so‘ng, 2022 yilda Ispaniyaga ko‘chib o‘tgan edi. So‘nggi yillarda u bir necha bor rasmiy bosimlarga uchragan.

2023 yil noyabr oyida Viktoriya va Vadim Tsiganovlar bilan intervyusidan so‘ng, unga nisbatan “armiyani obro‘sizlantirish” bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilgan, 2022 yil yozida esa “gey-propaganda” moddasi bo‘yicha jarimaga tortilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Trump Eron bilan savdo qiluvchi davlatlarga boj joriy qildi.'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:12

    Trump Eron bilan savdo qiluvchi davlatlarga boj joriy qildi.

    Mamlakatning asosiy savdo hamkorlari qatoriga Hindiston, Xitoy va Turkiya kiradi.

    'Germaniya kansleri va Hindiston bosh vaziri varrak uchirdi.'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:19

    Germaniya kansleri va Hindiston bosh vaziri varrak uchirdi.

    Germaniya kansleri Fridrix Mers Hindistonga ilk rasmiy tashrifi doirasida Bosh vazir Narendra Modi bilan Xalqaro varrak festivalida ishtirok etdi.

    'AQSh fuqarolarini Erondan chiqib ketishga chaqirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:13

    AQSh fuqarolarini Erondan chiqib ketishga chaqirdi

    AQSH Davlat departamenti Eronda kuchayib borayotgan norozilik namoyishlari fonida mamlakatda boʻlib turgan amerikaliklarni zudlik bilan hududni tark etishga undadi.

    'Markaziy Osiyodagi sobiq uran hududlari 2030 yilgacha tozalanaadi'ning rasmi

    Dunyo 12.01.2026 14:41

    Markaziy Osiyodagi sobiq uran hududlari 2030 yilgacha tozalanaadi

    MAGATE Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikistondagi uran chiqindilari mavjud hududlarni tozalash boʻyicha hamkorlikni davom ettirmoqda.

    'Guterriş Erondagi zʻurovlikdan hayratda'ning rasmi

    Dunyo 12.01.2026 13:41

    Guterriş Erondagi zʻurovlikdan hayratda

    BMT Bosh kotibi António Guterres Eronda namoyishchilarga nisbatan haddan tashqari kuch ishlatilgani haqidagi xabarlardan dahshatga tushganini bildirdi va Tehronni vazminlikka chaqirdi.

    'Трамп ўзини Венесуэла президенти деб эълон қилди'ning rasmi

    Dunyo 12.01.2026 09:01

    Трамп ўзини Венесуэла президенти деб эълон қилди

    Trumpning Truth Social'dagi hazilomuz post ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo'ldi.