AsosiyJamiyat

Samarqandda amaldor videoselektor paytida tizzasida o‘tirgan xodimani quchoqladi

Bu holatga nisbatan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rasmiy izoh berdi.

'Samarqandda amaldor videoselektor paytida tizzasida o‘tirgan xodimani quchoqladi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoselektor yig‘ilishi tasviri O‘zbekistonda davlat idoralaridagi axloqiy me’yorlar muhokamasini yana kun tartibiga olib chiqdi. Unda Samarqand viloyatidagi mansabdor shaxs o‘z tizzasida o‘tirgan ayol xodimani quchoqlab olgan holat aks etgan.

Bu holatga nisbatan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Matbuot xizmati rasmiy izoh berdi. Vazirlikka ko‘ra, holat o‘rganilgan va unda ishtirok etgan shaxslar bilan mehnat shartnomalari bekor qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, videodagi shaxs 2023 yil dekabridan buyon Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi rahbari lavozimida ishlab kelgan.

Bu vaziyat O‘zbekistonda davlat xizmatchilari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan axloqiy va kasbiy qoidabuzarliklarga nisbatan nazorat qanday olib borilayotgani masalasini yana bir bor kun tartibiga olib chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida ham Andijon shahrida shu yo‘nalishdagi tuman bo‘limi rahbari va uning o‘rinbosari ish joyida narkotik modda iste’mol qilgani uchun ishdan bo‘shatilgan edi.

    Boshqa yangiliklar