AsosiyJamiyat

Endi magistratura va doktoranturaga kirishda til sertifikati talab qilinmaydi(mi?)

Vazirlik izoh berdi.

'Endi magistratura va doktoranturaga kirishda til sertifikati talab qilinmaydi(mi?)'ning rasmi

Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda sertifikat talabi bekor qilinmagan, deya yozmoqda Oliy ta’lim, fan vp innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati.

Xabarga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda 2025 yil 19 iyuldagi PF–114-sonli Prezident Farmoni noto‘g‘ri talqin qilingan. Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qildi:

Mazkur Prezident Farmoni bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi va ba’zilarining ayrim bandlari o‘z kuchini yo‘qotdi.

Xususan, 2021 yil 19 maydagi PQ–5117-sonli Qarorning 6-bandi to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlandi. Ushbu bandda magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikati talabining ilk joriy etilishi nazarda tutilgan edi.

Biroq mazkur normaning chiqarib tashlanishi xorijiy til bo‘yicha sertifikatlar talabi butunlay bekor qilindi degani emas.

Sababi, 2024 yil 24 maydagi PF–81-sonli Prezident Farmoni bilan magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etilishi belgilangan:

- xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha — kamida C1 darajasida;

- gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha — kamida B2 darajasida;

- boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari bo‘yicha — kamida B1 darajasida.

Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi PF–81-son Prezident Farmoni bilan belgilangan xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar talabi hozirda ham amalda ekanini eslatadi va bu borada tarqalayotgan noto‘g‘ri talqinlarga e’tibor bermaslikni so‘raydi, deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:17

    'Toshkentda 20 yoshli yigit boshqaruvidagi Spark tunda "avariya"ga uchradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:17

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:23

    'Xorvatiyada og‘ir kasallikka chalingan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi'ning rasmi

    Jamiyat 25.07.2025 18:54

    Xorvatiyada og‘ir kasallikka chalingan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    U 2022 yilda ushbu mamlakatga vaqtincha ishlash maqsadida borgan. 2025 yilda insultga uchragan.

    'So‘nggi 6 oyda 3 mlndan ziyod aholi daromadli mehnatga jalb qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 25.07.2025 18:27

    So‘nggi 6 oyda 3 mlndan ziyod aholi daromadli mehnatga jalb qilindi

    Prezident aholi bandligi va kasbiy ta’limi bo‘yicha yangi yondashuvlar borasidagi taqdimot bilan tanishdi.

    'Kreativ yo‘nalishda o‘qimoqchi bo‘lgan talabalar uchun grant asosidagi bepul kurslar e’lon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 25.07.2025 17:34

    Kreativ yo‘nalishda o‘qimoqchi bo‘lgan talabalar uchun grant asosidagi bepul kurslar e’lon qilindi

    Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Mirzo Ulug‘bek vorislari” ko‘magida yosh mutaxassislar tayyorlanadi.