AsosiySiyosat

Erdo‘g‘an ham O‘zbekiston yetakchisini tug‘ilgan kuni bilan tabrikaladi

Turkiya lideri O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga sodiqligini aytgan.

'Erdo‘g‘an ham O‘zbekiston yetakchisini tug‘ilgan kuni bilan tabrikaladi'ning rasmi

Bugun, 24 iyul kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toib Erdo‘g‘an 68 yoshni qarshilagan Prezident Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

“Hurmatli Prezident janoblari, aziz qardoshim! Sizni tavallud ayyomingiz munosabati bilan chin qalbimdan tabriklagan holda, Yaratgandan siz, janobi oliylariga sihat-salomatlik va xotirjamlik tilayman”, — degan Erdo‘g‘an.

Shuningdek,  Turkiya rahbari o‘zining qutlovida global sinovlarga qarshi turkiy dunyoning farovonligi va taraqqiyotini ta’minlash maqsadida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama platformalarda, xususan, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga sodiq qolishini aytgan.

“Ayni qat’iyat siz, aziz birodarim tomonidan ham baham ko‘rilayotgani menga cheksiz mamnuniyat bag‘ishlaydi. Fursatdan foydalanib, siz, janobi oliylarini tavallud ayyomingiz bilan yana bir bor tabriklab, do‘st va qardosh o‘zbek xalqining taraqqiyoti va tinchligi yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz muvaffaqiyatli davom etishini tilab qolaman”, — degan Turkiya yetakchisi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident: Orol havzasida suv tanqisligi 2040-yilga borib ikki barobarga oshishi mumkin'ning rasmi

    Siyosat Bugun 14:36

    Prezident: Orol havzasida suv tanqisligi 2040-yilga borib ikki barobarga oshishi mumkin

    Shavkat Mirziyoyev Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammitida mintaqada suv muammosi keskinlashib borayotganini aytdi.

    'Ostona ekologik sammit boshlandi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 06:07

    Ostona ekologik sammit boshlandi

    Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Ostona shahrida Mintaqaviy ekologik sammit tadbirlari boshlandi.

    'Prezident Ostona joʻnab ketdi'ning rasmi

    Siyosat 21.04.2026 13:43

    Prezident Ostona joʻnab ketdi

    Shavkat Mirziyoyev Ostona bo‘lib o‘tadigan nufuzli ekologik sammitda ishtirok etadi.

    'Mirziyoyev JSST bosh direktorni qabul qildi'ning rasmi

    Siyosat 21.04.2026 13:07

    Mirziyoyev JSST bosh direktorni qabul qildi

    Oʻzbekiston va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

    'Samarqandda Saida Mirziyoyeva JSST rahbari bilan uchrashdi'ning rasmi

    Siyosat 21.04.2026 07:14

    Samarqandda Saida Mirziyoyeva JSST rahbari bilan uchrashdi

    Samarqand forumida JSST bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

    'Prezident Qozog‘istonga boradi'ning rasmi

    Siyosat 20.04.2026 17:05

    Prezident Qozog‘istonga boradi

    Tashrif Qosim-Jomart To‘qayev taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.