Samarqand shahrida narkotahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro forum doirasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va JSST o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar, raqamli tibbiyotni joriy etish, farmatsevtika bozorini takomillashtirish hamda mintaqaviy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, giyohvandlikka chalingan bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga alohida e‘tibor qaratildi.






