AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati Zomin tumanida qurilayotgan maishiy texnika zavodini ko‘zdan kechirdi

“Navoiy” maxsus sanoat parkining filiali sifatida tashkil etilgan majmua 80 gektarda joylashgan.

'Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati Zomin tumanida qurilayotgan maishiy texnika zavodini ko‘zdan kechirdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati Zomin tumanida qurilayotgan maishiy texnika zavodini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Bu yo‘nalish bo‘yicha yurtimizda katta salohiyat bor. Davlatimiz rahbari bu sur’atni davom ettirib, milliy brendlar ostida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, O‘zbekistonni mintaqaviy “elektrotexnika xabi”ga aylantirish vazifasini qo‘ygan. 

Zomindagi zavod buning  bir qismi bo‘ladi.

“Navoiy” maxsus sanoat parkining filiali sifatida tashkil etilgan majmua 80 gektarda joylashgan. Loyihaning umumiy qiymati 150 million dollar. Bu yerda kir yuvish  mashinasi, sovutkich, televizor, elektr suv isitkich kabi yiliga 1 million dona maishiy texnika hamda butlovchi qismlar ishlab  chiqariladi. 100 turdagi mahsulotlar natijasida mahalliylashtirish darajasi 70 foizga  yetadi.

Muhimi, yillik ishlab chiqarish hajmi 320 million dollar bo‘ladi. Shundan 140 million dollarlik mahsulot eksportga yo‘naltiriladi. 7 mingdan ziyod aholi ish bilan ta’minlanadi. 

Sanoat parkida tayyorlangan mahsulotlar Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston singari 15 dan ortiq mamlakatga eksport qilinadi. 

Hozirgi o‘zgaruvchan bozor talablariga tez moslashish uchun zavodning o‘zida qolipxona ham tashkil etiladi. Zamonaviy logistika markazi orqali mahsulotlar xaridorga izchil yetkazib beriladi.

Bundan tashqari, sanoat parkida “Avtosanoat” AJ tarkibidagi korxonalar uchun plastmassa mahsulotlari tayyorlash rejalashtirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sergio Gore Amerika-O'zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi hamraisi bo'ldi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 11:05

    Sergio Gore Amerika-O'zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi hamraisi bo'ldi

    O‘zbekiston tomondan Saida Mirziyoyeva usbu kengashga rahbarlik qiladi.

    'O'zbekiston Xitoydan salmoqli 15 milliard dollarlik investitsiya o'zlashtirdi'ning rasmi

    Siyosat 21.11.2025 17:24

    O'zbekiston Xitoydan salmoqli 15 milliard dollarlik investitsiya o'zlashtirdi

    Ushbu ma'lumot davlat rahbarining matbuot xizmati tomonidan ochiqlandi.

    'Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi'ning rasmi

    Siyosat 21.11.2025 11:42

    Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

    Toshkent shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Tashqi ishlar vaziri Van I janoblarni qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi.

    'Nyu-York meri O'zbekistonga keldi'ning rasmi

    Siyosat 20.11.2025 08:13

    Nyu-York meri O'zbekistonga keldi

    Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

    '"Aholini kreditga majburlayapti". Mirziyoyev ikki hokimni nima uchun ishdan olganini aytdi'ning rasmi

    Siyosat 19.11.2025 20:20

    "Aholini kreditga majburlayapti". Mirziyoyev ikki hokimni nima uchun ishdan olganini aytdi

    Prezident Mirziyoyev Denov va Chiroqchi tumanlari hokimlari aholiga tayyor loyiha o‘rniga majburiy kredit o‘tkazayotgani va ishlarni nazoratsiz qoldirgani uchun ishdan olinganini ta’kidladi.

    'Shahnaza Mirziyoyeva yangi vazifa yuklatildi'ning rasmi

    Siyosat 19.11.2025 18:26

    Shahnaza Mirziyoyeva yangi vazifa yuklatildi

    Inklyuziv bandlikni kuchaytirish va qashshoqlikka qaytish xavfi yuqori boʻlgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha nazorat Shahnoza Mirziyoyevga topshirildi.