AsosiySiyosat

Hilola Umarova nega lavozimidan ketdi?

Endilikda u Saida Mirziyoyevaga o‘rinbosar sifatida faoliyat yuritadi.

'Hilola Umarova nega lavozimidan ketdi?'ning rasmi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola O‘ktamovna Umarova egallab turgan lavozimidan ozod etildi va Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Umarovaning ushbu lavozimga tayinlanishi Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan amalga oshirilgan.

Ma’lumot uchun, Hilola Umarova 1988 yilda Germaniyaning Vaymer shahrida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – tashqi iqtisodiy faoliyat.

U Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktab direktori, INHA universiteti bosh menejeri, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimlarida ishlagan. Umarova 2022 yilning so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Prezident Administratsiyasi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritilib, Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tashkil qilingandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Saida Shavkatovna Mirziyoyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident mudofaa salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 12:51

    'Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan telefon orqali gaplashdi.'ning rasmi

    Siyosat 26.02.2026 15:30

    Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan telefon orqali gaplashdi.

    Prezident Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘anni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 26.02.2026 14:28

    'Oʻzbekiston va Belarus hamkorligi yangi bosqichga koʻtariladi'ning rasmi

    Siyosat 24.02.2026 14:24

    Oʻzbekiston va Belarus hamkorligi yangi bosqichga koʻtariladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 fevral kuni mamlakatimizda rasmiy tashrifda bo‘lib turgan Belarus Bosh vaziri Aleksandr Turchin bilan uchrashdi.