AsosiyDunyo

Belarus Rossiya dronini urib tushirdi – Ukraina razvedkasi

Dronning qoldiqlari Belarusning Gomel viloyatiga qulagani aytilmoqda.

'Belarus Rossiya dronini urib tushirdi – Ukraina razvedkasi'ning rasmi

12 iyul kuni Belarus havo kuchlariga tegishli Mi-24 vertolyoti Ukraina tomon uchayotgan Rossiyaning “Gerber” rusumidagi zarba beruvchi dronini urib tushirdi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi ma’lum qildi.

Dronning qoldiqlari Belarusning Gomel viloyatiga qulagani aytilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, hodisa vaqtida Belarus havo hududida Rossiyaning kamida uchta droni bo‘lgan.

Ayni vaqtda, Rossiya 12 iyulga o‘tar kechasi Ukrainaga qarshi eng yirik aviahujumni amalga oshirib, 597 ta dron va 26 ta qanotli raketadan foydalangan. Ukraina havo mudofaasi esa ularning 602 tasini, jumladan, 319 ta dronni urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan.

Ekspertlarga ko‘ra, “Gerber” dronlari jangovar qurollarni tashish va radioelektron razvedka qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, xorijda ishlab chiqarilgan texnologiyalar bilan jihozlangan.

    Boshqa yangiliklar