AsosiyDunyo

BMTda Falastin bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkaziladi

Fransiya va Saudiya Arabistoni hamraisligidagi konferensiyada ikki davlat yechimi masalasi muhokama qilinadi.

'BMTda Falastin bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkaziladi'ning rasmi

Falastin muammosini tinch yo‘l bilan hal qilish va ikki davlat yechimini yaratish yo‘llari muhokama etiladigan Falastin bo‘yicha xalqaro konferensiya BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida 28-30 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Zamon.uz yozmoqda.

Konferensiyaga hamraislik qiladigan Fransiya va Saudiya Arabistonining BMTdagi doimiy vakolatxonalari BMTga a’zo davlatlarga taklifnoma jo‘natdi.

"Falastin masalasini tinch yo‘l bilan hal qilish va ikki davlat barpo etish bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro Falastin konferensiyasi 28-30 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi", — deyiladi maktubda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasi bilan tashkil etilgan mazkur konferensiya avvalroq 17-20 iyun kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq Isroilning 13 iyun kuni Eronga hujumi ortidan tadbir qoldirildi.

    Boshqa yangiliklar