Hujum Tehron g‘arbidagi binolardan birida, Eronning yuqori martabali rasmiylari ishtirokida Milliy xavfsizlik oliy kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan paytda sodir bo‘lgan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil zarbalari binoning kirish joylariga berilgan.
Shu sababli rasmiylar favqulodda lyuk orqali tashqariga chiqishga majbur bo‘lgan. Ulardan ba’zilari, jumladan, prezident Pezeshkiyon ham oyog‘idan jarohat olgan.