Farg‘ona viloyat IIBning bergan xabariga ko‘ra, joriy yilning 10 iyul kuni Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahri “O‘zbek Ovozi” ko‘chasida ikki tanish o‘rtasida janjal kelib chiqqan.
Janjal oqibatida ulardan biri "Lacetti" rusumli avtomashinaga o‘tirib, tanishini ataylab urib ketgan. Natijada jabrlanuvchi og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish oqibatida o‘limga sabab bo‘lish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayblanuvchi qo‘lga olingan va ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.