AsosiyJamiyat

Toshkentda Malibu kapotida raqsga tushgan erkak jazolandi

Erkak bu ishni trend video olish uchun qilgan.

'Toshkentda Malibu kapotida raqsga tushgan erkak jazolandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda mashhur trendni takrorlamoqchi bo‘lib, Malibu avtomobilining kapotida raqsga tushayotgan erkak aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, huquqbuzar qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, Malibu avtomobili Damas'ga tegishli davlat raqam belgisi bilan harakatlangan. Avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi 6-qismi (Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan.

“Men jarohat olishim ham mumkin edi, bu yaqinlarim uchun ham og‘ir bo‘lardi. Oilam ham qiynalardi. Qilgan ishimdan afsusdaman. Boshqa bunday qilmayman. Trend uchun bunday ish qilish kerak emas ekan. Trend ortidan quvsang, o‘zingga, hamyoningga va oilangga ziyon yetkazishing mumkin ekan”, - deydi u.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda ikki nafar haydovchi janjallashdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:00

    Toshkentda ikki nafar haydovchi janjallashdi

    Holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

    'Toshkentda daraxt shoxlari yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:01

    Toshkentda daraxt shoxlari yonib ketdi

    Yong‘in oqibatida ikki mashina zarar ko‘rgan.

    'Mavsum mavzusi: ikki hududda OTMga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Mavsum mavzusi: ikki hududda OTMga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

    Toshkent va Farg‘onada "uddaburon" o‘qituvchilar o‘qishga kiritish evaziga pora olayotganda qo‘lga tushdi.

    'Toshkentda "propiska" bekor qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:30

    Toshkentda "propiska" bekor qilindi

    O‘zbekistonda yashash va vaqtincha turish joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishning yagona tartibi joriy etildi.

    'Bugun harorat 40 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:12

    Bugun harorat 40 darajagacha ko‘tariladi

    12 iyul kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    'Buxoroda qalbaki dorilar savdosiga chek qo‘yildi'ning rasmi

    Jamiyat 11.07.2025 12:09

    Buxoroda qalbaki dorilar savdosiga chek qo‘yildi

    Tekshiruv ortidan 978 quti dori musodara qilingan.