Piskent, Yangiyer va Tayloqda “valyutchiklik” bilan shug‘ullanganlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Piskentda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.A. fuqaro Q.Sh.ga 3 900 AQSH dollarini 49,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Yangiyer shahrida fuqarolar A.B. va K.B. fuqaro T.A.ga 3 500 AQSH dollarini 43,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ulardan 3 500 AQSH dollari va 8,8 mln so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, Toyloqda fuqaro R.S. fuqaro Sh.X.ga 2 700 AQSH dollari va 50 000 Rossiya rublini 42 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, undan 2 700 AQSH dollari va 60 600 Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.