AsosiyJamiyat

Jizzaxda hokim, Sirdaryoda prokuror o‘rinbosari ushlandi

Mansabdor shaxslarga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

'Jizzaxda hokim, Sirdaryoda prokuror o‘rinbosari ushlandi'ning rasmi

Jizzaxda hokim, Sirdaryoda prokuror o‘rinbosari ushlandi. Bu haqda DXX darakchi.uz'ga ma’lum qildi. 

Xabar berilishicha, Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani hokimligining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha bo‘limi bosh mutaxassisi qurilish sohasida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbarining ishonchiga kirib, unga tuman hokimining tegishli qarori bilan “Tokchilik” MFY hududida umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosini barpo etish uchun ajratilgan 1,7 gektar yer maydonida 8 ta ko‘p qavatli uylarqurilishiga ruxsat olib berishi evaziga 30 ming AQSH dollari talab qiladi.

Joriy yilning 5 iyul kuni bosh mutaxassis so‘ralgan pul mablag‘idan 10 ming AQSH dollarini olib, tuman hokimiga beradi.

8 iyul kuni esa tadbirkordan qolgan 20 ming AQSH dollarini ham oladi va unga ko‘p qavatli uy qurish uchun hokim tomonidan ruxsat berilgan hujjatlarni taqdim etadi.

So‘ngra bosh mutaxassis hokimiyat binosi oldida tuman rahbari bilan uchrashib, 10 ming AQSH dollarini bergan vaqtida Davlat havfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Hozirda Sh.Rashidov tumani hokimi deputatlik daxlsizlik huquqidan mahrum qilinib, unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi bilan, bosh mutaxassisga esa Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Sirdaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa Guliston shahar prokurori o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, Boyovut tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbariga nisbatan Boyovut tumani IIB Tergov guruhi ish yurituvidagi Jinoyat Kodeksining 168- va 167-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llamaslik hamda keyinchalik ishni gumonlanuvchi foydasiga hal qilib berish evaziga 10 ming AQSH dollari miqdorida pora so‘raydi.

Davlat havfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonun himoyachisi talab qilingan pul mablag‘ini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda prokuror o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Har ikki holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonda narkotiklarga qarshi kurash sun’iy intellekt yordamida kuchaytiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 09.07.2025 19:12

    O‘zbekistonda narkotiklarga qarshi kurash sun’iy intellekt yordamida kuchaytiriladi

    Narkotiklar zarari haqida kecha-yu kunduz ma’lumot beriladigan sall-markaz ochiladi.

    'Buxoroda ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida kelib chiqqan yong‘in sabab 9 kishi ichkarida qolib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 09.07.2025 12:03

    Buxoroda ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida kelib chiqqan yong‘in sabab 9 kishi ichkarida qolib ketdi

    Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

    'Xorazmda ikki o‘smir qiz 7-qavatdan sakrab, joniga qasd qildi'ning rasmi

    Jamiyat 09.07.2025 08:34

    Xorazmda ikki o‘smir qiz 7-qavatdan sakrab, joniga qasd qildi

    Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    'Sukutda qolayotgan qichqiriq: Bog‘chalar bolalar uchun xavfsiz emasmi?'ning rasmi

    Jamiyat 09.07.2025 07:02

    Sukutda qolayotgan qichqiriq: Bog‘chalar bolalar uchun xavfsiz emasmi?

    Darakchi.uz so‘ngi vaqtlarda ko‘pchilikni e’tiroziga sababchi bo‘layotgan holat yuzasidan yozilgan maqolani e’tiboringizga havola etadi.

    'Xorazmda ikki qiz o‘z joniga qasd qildi'ning rasmi

    Jamiyat 08.07.2025 20:57

    Xorazmda ikki qiz o‘z joniga qasd qildi

    7 qavatli uyning tomidan 2 nafar o‘smir o‘zini-o‘zi pastga tashlab, vafot etgan.

    'Toshkentda Tico 3 yoshli bolani urib yubordi'ning rasmi

    Jamiyat 08.07.2025 19:56

    Toshkentda Tico 3 yoshli bolani urib yubordi

    Holat tafsilotlari ochiqlandi.