AsosiyDunyo

Tojikiston afg‘onistonlik qochqinlarga mamlakatni tark etishlari uchun 15 kun muhlat berdi

Tojikistonda 13 mingdan ortiq Afg‘oniston fuqarosi istiqomat qilayotgani aytilmoqda.

'Tojikiston afg‘onistonlik qochqinlarga mamlakatni tark etishlari uchun 15 kun muhlat berdi'ning rasmi

Tojikiston afg‘onistonlik qochqinlarga mamlakatni tark etishlari uchun 15 kun muhlat berdi. Bu haqda Khaama Press nashri xabar berdi. 

Nashr manbalariga ko‘ra, Tojikiston hukumati afg‘onistonlik qochqinlarni, jumladan, yashash ruxsatnomasiga ega bo‘lgan va immigratsiya bo‘yicha arizalarining ko‘rib chiqilishini kutayotganlarni qo‘lga olish va deportatsiya qilish kampaniyasini boshladi

"So‘nggi haftalarda Tojikiston xavfsizlik kuchlari har kuni o‘nlab afg‘onistonliklarni, asosan erkaklarni hibsga olmoqda. Ular ish joylaridan olib ketilmoqda, oila a’zolari esa bu haqda xabarsiz qolmoqda", deya xabar bermoqda Khaama Press.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistonda 13 mingdan Afg‘oniston fuqarosi istiqomat qiladi. Ularning aksariyati “Tolibon” harakati 2021 yilda Afg‘onistonda hokimiyatga kelgach, mamlakatdan qochgan sobiq amaldorlar va harbiylardir.

"Tojikistonning afg‘onistonliklarni ommaviy ravishda chiqarib yuborish harakati mintaqaviy tendensiyaning bir qismi bo‘lib, Eron va Pokiston hukumatlari ham xuddi shunday choralarni ko‘rmoqda", deyiladi Khaama Press xabarida. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yevrokomissiya Afrikaga yordamni migratsiyani to‘xtatish sharti bilan bermoqchi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:09

    Yevrokomissiya Afrikaga yordamni migratsiyani to‘xtatish sharti bilan bermoqchi

    Tashkilot 2028–2035 yillar uchun yangi budjetda Afrikaga moliyaviy yordamni migrantlar oqimini cheklash sharti bilan ajratishni taklif qilmoqda.

    'Yevroparlament rossiyalik rasmiylarga sanksiya talab qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:02

    Yevroparlament rossiyalik rasmiylarga sanksiya talab qildi

    Yevroparlament Rossiya tomonidan noqonuniy ushlab turilgan ukrainalik fuqarolar masalasida rezolyutsiya qabul qildi.

    'Zelenskiy va Papa tinchlik masalasini muhokama qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:01

    Zelenskiy va Papa tinchlik masalasini muhokama qildi

    Ukraina prezidenti Rimda Papa Rimlik Lev XIV bilan uchrashib, Rossiya bosqinini to‘xtatishga erishish masalasi haqida gaplashdi.

    'Rossiya ishchi kuchi tanqisligini hind mutaxassislar bilan qoplamoqda'ning rasmi

    Dunyo 09.07.2025 19:43

    Rossiya ishchi kuchi tanqisligini hind mutaxassislar bilan qoplamoqda

    Ushbu tashabbus Yekaterinburgda ochilayotgan Hindiston konsulligi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

    'Kiyevda Ukrainaning “Neptun” raketalari haqida ma’lumot olishga uringan Xitoy josuslari ushlandi'ning rasmi

    Dunyo 09.07.2025 19:21

    Kiyevda Ukrainaning “Neptun” raketalari haqida ma’lumot olishga uringan Xitoy josuslari ushlandi

    Kiyevdagi oliy o‘quv yurtlaridan birining sobiq talabasi va uning otasi qo‘lga olingan.

    'AQSH aeroportlarida tekshiruvdan o‘tishda poyabzal yechish talabi haqida bilarmidingiz?'ning rasmi

    Dunyo 09.07.2025 19:17