AsosiyDunyo

Rossiya ishchi kuchi tanqisligini hind mutaxassislar bilan qoplamoqda

Ushbu tashabbus Yekaterinburgda ochilayotgan Hindiston konsulligi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

'Rossiya ishchi kuchi tanqisligini hind mutaxassislar bilan qoplamoqda'ning rasmi

Rossiya sanoat tarmoqlarida yuqori malakali mutaxassislar yetishmovchiligi ortib borayotgan bir paytda, mamlakat Hindistondan 1 million nafar mehnat muhojirini jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.

“Hindistonlik hamkasblarimdan olgan ma’lumotlarga ko‘ra, yil oxirigacha Hindistondan Rossiyaga, xususan, Sverdlovsk viloyatiga 1 million mutaxassis kelishi rejalashtirilmoqda. Yekaterinburgda Hindistonning yangi Bosh konsulligi ochilmoqda, u aynan shu masalalar bilan shug‘ullanadi”, – deya izoh berdi Besedin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada ayni paytda ishchi kuchiga ehtiyoj nihoyatda yuqori. Bunga bir nechta omillar, jumladan, ayrim fuqarolarning Ukrainadagi harbiy harakatlarga jalb etilgani va yosh avlodning sanoat korxonalarida ishlashga qiziqishi yo‘qligi sabab bo‘lmoqda. Besedin bu holatni mamlakatda ilgari yo‘l qo‘yilgan mafkuraviy xatolar bilan bog‘lamoqda.

Hindistondan tashqari, Shri-Lanka va Shimoliy Koreya bilan ham hamkorlik o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Biroq, Besedinning qayd etishicha, bu davlatlardan ishchi kuchini jalb etish amaliyoti bilan bog‘liq murakkabliklar mavjud.

Yangi keladigan mutaxassislar, asosan, metallurgiya va mashinasozlik sanoati uchun jalb etiladi.

Shu munosabat bilan, Rossiya Davlat Dumasining Mehnat, ijtimoiy siyosat va faxriylar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Yaroslav Nilov bu tashabbusga munosabat bildirib, tashqi ishchi kuchi hisobiga kam ta’minlangan aholining bandligini ta’minlash mumkinligini ta’kidladi. Biroq u amaldagi mehnat migratsiyasi kvotalari rejalashtirilgan 1 milliondan kam ekaniga e’tibor qaratdi.

Unga ko‘ra, Rossiya mehnat bozorida tashqi resurslarga ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yevroparlament rossiyalik rasmiylarga sanksiya talab qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:02

    Yevroparlament rossiyalik rasmiylarga sanksiya talab qildi

    Yevroparlament Rossiya tomonidan noqonuniy ushlab turilgan ukrainalik fuqarolar masalasida rezolyutsiya qabul qildi.

    'Zelenskiy va Papa tinchlik masalasini muhokama qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:01

    Zelenskiy va Papa tinchlik masalasini muhokama qildi

    Ukraina prezidenti Rimda Papa Rimlik Lev XIV bilan uchrashib, Rossiya bosqinini to‘xtatishga erishish masalasi haqida gaplashdi.

    'Tojikiston afg‘onistonlik qochqinlarga mamlakatni tark etishlari uchun 15 kun muhlat berdi'ning rasmi

    Dunyo 09.07.2025 20:26

    Tojikiston afg‘onistonlik qochqinlarga mamlakatni tark etishlari uchun 15 kun muhlat berdi

    Tojikistonda 13 mingdan ortiq Afg‘oniston fuqarosi istiqomat qilayotgani aytilmoqda.

    'Kiyevda Ukrainaning “Neptun” raketalari haqida ma’lumot olishga uringan Xitoy josuslari ushlandi'ning rasmi

    Dunyo 09.07.2025 19:21

    Kiyevda Ukrainaning “Neptun” raketalari haqida ma’lumot olishga uringan Xitoy josuslari ushlandi

    Kiyevdagi oliy o‘quv yurtlaridan birining sobiq talabasi va uning otasi qo‘lga olingan.

    'AQSH aeroportlarida tekshiruvdan o‘tishda poyabzal yechish talabi haqida bilarmidingiz?'ning rasmi

    Dunyo 09.07.2025 19:17

    'Yevropada jazirama issiq ortidan 2300 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 09.07.2025 18:34

    Yevropada jazirama issiq ortidan 2300 kishi halok bo‘ldi

    G‘arbiy Yevropaning katta qismlari haddan tashqari issiqlikdan aziyat chekkan 10 kunni qamrab oldi.