AsosiyDunyo

Tayvan HIMARS raketa tizimi bo‘linmasini ishga tushirdi

Bo‘linma harbiylari o‘tgan yili AQSHda maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan.

'Tayvan HIMARS raketa tizimi bo‘linmasini ishga tushirdi'ning rasmi

Tayvan AQSHdan sotib olingan HIMARS yuqori harakatchan raketa tizimlari asosida yangi harbiy bo‘linmani ishga tushirdi. Rasmiy ochilish marosimi 4 iyul kuni Armiyaning 58-artilleriya qo‘mondonligida bo‘lib o‘tdi. Unda mudofaa vaziri Vellington Koo ishtirok etdi, deya yozmoqda "zamon.uz"

Umumiy hisobda Tayvan 29 ta HIMARS tizimini buyurtma qilgan bo‘lib, ularning 11 tasi o‘tgan yili yetkazib berilgan. Ushbu tizimlar 227 mm kalibrli olti raketani yoki bitta taktik raketani uchirish imkoniga ega. Vaziri Koo bu texnika orqaligina mamlakatning mudofaa qudrati va raketa zarbalarining aniqligi oshishini ta’kidladi.

Bo‘linma harbiylari o‘tgan yili AQSHda maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan. Ular raketa tizimlarini yig‘ish, o‘q-dorilarni boshqarish va mobil uchirish vositalaridan foydalanish bo‘yicha tajriba orttirgan.

Koo so‘zlariga ko‘ra, ushbu yangi HIMARS bo‘linmasi yaqinda o‘tkazilgan tekshiruvda ijobiy baho olgan. U, shuningdek, bu bo‘linmaning iyul oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan Han Kuang 41 harbiy mashg‘ulotlarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishiga umid bildirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'HAMAS sulh taklifi bo‘yicha muzokaralarga tayyorligini bildirdi'ning rasmi

    Dunyo 05.07.2025 15:31

    HAMAS sulh taklifi bo‘yicha muzokaralarga tayyorligini bildirdi

    G‘azoda 60 kunlik sulh bitimiga "ijobiy" javob berildi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 05.07.2025 13:11

    'AQSH fuqarolarini zudlik bilan Eronni tark etishga chaqirdi'ning rasmi

    Dunyo 05.07.2025 12:13

    AQSH fuqarolarini zudlik bilan Eronni tark etishga chaqirdi

    AQSH fuqarolariga Eronni Ozarbayjon, Armaniston yoki Turkiya orqali tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqish tavsiya etildi.

    'Moskva viloyatidagi Ozarbayjon diasporasi rahbari Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi'ning rasmi

    Dunyo 04.07.2025 21:20

    Moskva viloyatidagi Ozarbayjon diasporasi rahbari Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi

    Qaror nima bilan bog‘liqligi haqidagi savolga Ibrohimov Ozarbayjonga borgach, izoh berishini bildirgan.

    'Farg‘onadan Qozonga uchuvchi aviareys kechiktirildi'ning rasmi

    Dunyo 04.07.2025 20:28

    Farg‘onadan Qozonga uchuvchi aviareys kechiktirildi

    Bunga Qozon shahri havo hududining yopilishi sabab bo‘lgan.

    'Polshaning Kiyevdagi konsulxonasi Rossiya hujumi vaqtida zarar ko‘rdi'ning rasmi

    Dunyo 04.07.2025 19:36

    Polshaning Kiyevdagi konsulxonasi Rossiya hujumi vaqtida zarar ko‘rdi

    Shuningdek, Polsha TIB vaziri Trampdan Ukrainaga zenit o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatmasligini so‘ragan.