AsosiyDunyo

Andijonda erkak xotinini vahshiylarcha o‘ldirdi

Hozirda holat yuzasidan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

'Andijonda erkak xotinini vahshiylarcha o‘ldirdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida o‘rta yoshlardagi ayolning qonga belangan holda jasadi yotgani tasvirlangan video tarqaldi.

Rasmiy bo‘lmagan manbalarda keltirilishicha, voqea Andijon shahar 3-mikrorayonda kuzatilgan.

Biroq ayol ko‘p qavatli xonadonlarning tepasidan pastga yiqilganmi yoki kimdir qasddan o‘ldirganmi bu bo‘yicha ma’lumot berilmagan.

Darakchi.uz holatga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.

Unga ko‘ra, hodisa Andijon shahrida kelib chiqqan. Er- xotin janjallashishi oqibatida erkak ayolini qasddan o‘ldirgan. Va voqea joyidan qochib ketgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, fuqaroni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar