AsosiyDunyo

Rossiya Ukrainani yana nishonga oldi

Kiyevda 20 dan ortiq odam jarohat olgan.

'Rossiya Ukrainani yana nishonga oldi'ning rasmi

Rossiya Qurolli Kuchlari 4 iyulga o‘tar kechasi Ukraina hududiga keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. Kiyev shahri asosiy nishonga aylangan.

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, poytaxtga uyushtirilgan raketa va dron zarbalari natijasida 23 kishi jarohat olgan, ulardan 14 nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Jabrlanganlar orasida 10 yoshli qiz bola ham bor, deya ma’lum qildi Ukraina ichki ishlar vaziri Igor Klimenko.

Nimalar zararlangan?

— Svitoshinskiy tumanida 14 qavatli uyning yuqori qismiga zarba tegib, yong‘in kelib chiqqan.

— Solomenskiy tumanidagi 5 qavatli uy qisman vayron bo‘lgan.

— 7 qavatli binoning tom qismida esa 2000 kv.m.da yong‘in yuzaga kelgan.

— Dneprovskiy va Shevchenkovskiy tumanlarida dron bo‘laklari uy-joylarga tushgan.

Hujum tafsilotlari:

Ukraina havo kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya tomoni bu safar 539 ta dron (zarba va chalg‘ituvchi) hamda 11 ta raketadan foydalangan. Ulardan 476 ta dron va 2 ta “Iskander-K” raketasi urib tushirilgan.

Hujum natijasida 8 ta manzilda bevosita zarba, 33 joyda esa dron bo‘laklari tushgan.

Voqea bo‘yicha surishtiruv ishlari davom etmoqda. Shahar bo‘ylab infratuzilma va ijtimoiy obyektlar zarar ko‘rgan.

    Boshqa yangiliklar