AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev IHT sammitining madaniy tadbirlarida ishtirok etdi

Shuningdek, Mirziyoyev Ag‘dam shahridagi "Imorat" tarixiy-me’moriy majmuasiga tashrif buyurdi.

'Shavkat Mirziyoyev IHT sammitining madaniy tadbirlarida ishtirok etdi'ning rasmi

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev hamrohligida Ag‘dam shahridagi "Imorat" tarixiy-me’moriy majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Bu yerga Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari ham keldi.

Ag‘dam shahri Ozarbayjonning g‘arbiy qismida, Qorabog‘ tumanida joylashgan. 2021 yildan boshlab shahar infratuzilmasi faol tiklanmoqda: yangi maktablar, bolalar bog‘chalari, uy-joylar, ma’muriy binolar qurilmoqda.

"Imorat" majmuasida Qorabog‘ xonligi asoschisi Panoh Alixonning saroyi va maqbarasi joylashgan. 2024 yilda majmua restavratsiya ishlari va arxeologik tadqiqotlardan so‘ng qayta ochildi.

Bu yerda Qorabog‘ tulporlari parki va interaktiv muzey tashkil etilgan.

Yetakchilar majmuada yaratilgan sharoitlar, bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Mehmonlar e’tiboriga Ozarbayjon Qorabog‘ining boy madaniyati va an’analarini aks ettiruvchi Qorabog‘ tulporlari ishtirokidagi "Zafar" nomli madaniy dastur taqdim etildi.

    Boshqa yangiliklar